English English English

YANGI O'ZBEKISTON — YANGI IMKONIYAT, YANGI MARRALAR

  18.09.2025 08:54:56    2



YANGI O'ZBEKISTON — YANGI IMKONIYAT, YANGI MARRALAR


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga tashrifi chog‘ida o‘qituvchi va murabbiylar bilan bo‘lgan samimiy muloqoti — mamlakatimizda ta’lim va tarbiya tizimiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yorqin ifodasidir. Ushbu uchrashuv pedagoglarga yangi kuch va g‘ayrat bag‘ishlab, ularning kelajak avlodni tarbiyalashdagi mas’uliyati jamiyatda yuksak qadrlanayotganini ko‘rsatdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bilimli, ma’naviyatli va zamonaviy dunyoqarashga ega yoshlarni voyaga yetkazish taraqqiyotning asosiy omilidir. Shu bois o‘qituvchi va murabbiylar kelajak bunyodkorlari sifatida jamiyatimizda beqiyos o‘rin egallaydi.

Prezidentimiz tomonidan 2026 yilning “Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish yili” deb e’lon qilinishi – inson kapitaliga qaratilgan eng muhim islohotlardan biri sifatida tarixda qoladi.
Bu tashabbus yoshlar bandligini ta’minlash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, iqtisodiyot uchun yangi drayverlar yaratish, shaxsiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish va tadbirkorlikka yo‘naltirish, ta’lim bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, “lifelong learning” – umrbod ta’lim tamoyilini joriy etish, ustoz–shogird an’anasini zamonaviy shaklda rivojlantirish hamda innovatsion ko‘nikmalarni shakllantirish yoshlar uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Natijada millionlab yoshlar zamonaviy kasb egalari bo‘ladi, startaplar va yoshlar tadbirkorligi rivojlanadi, O‘zbekiston esa xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarga ega mamlakat sifatida tan olinadi.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, 2026 yil — yoshlarning bilim olish, kasb-hunar egallash va kelajagini barpo etishida yangi ufqlarni ochadigan imkoniyatlar yili bo‘ladi.

Abdurahim MATKARIMOV
Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri