TA’LIM SIFATINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
26.11.2025 11:17:00 3
Namangan pedagogika kolleji binosida o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishuv jarayonidan so‘ng, Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda institutda tahsil olayotgan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, dars jarayonining sifati, o‘quv auditoriyalari va texnik ta’minot bo‘yicha aniqlangan masalalar manzilli tarzda ko‘rib chiqildi. Har bir bo‘lim va mas’ul xodimlarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasi ham muhokama qilindi. O‘quv binosidagi isitish tizimlari, elektr ta’minoti, xavfsizlik choralarining holati ko‘rib chiqilib, talabalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan qo‘shimcha vazifalar belgilandi.