English English English

Mustaqil_izlanuvchilikka_suhbat

  28.02.2026 10:52:25    19


Namangan davlat pedagogika institutiga https://daraja.ilmiy.uz platformasi orqali 2026-yil 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun joriy yilning 3-mart kuni soat 09:00 da suhbat tashkil etiladi.




Talabgorlar o'zlari bilan olib kelishlari kerak bo'lgan hujjatlar:

 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport);
 Ilmiy-tadqiqot mavzusi asosnomasi;
 Ilmiy rahbar rozilik xati;
 Ilmiy rahbar ma’lumotlari (pasport, INN raqam, ilmiy darajasi va unvoni);
 Dissertatsiya mavzusiga oid chop etilgan 1 ta maqola hamda 2 ta tezis (DSc talabgorlar uchun 3 ta maqola 2 ta tezis);
 Dissertatsiyaning 1-bobi (qog’oz variantda), (hujjatlarni yig'ma fayl papkaga solish tavsiya etiladi) olib kelishlari, shuningdek mutaxasislik fanidan asosiy tushunchalarni takrorlab kelishlari so'raladi.

Ilmiy rahbar rozilik xati NAMUNA (https://t.me/Namdpi_Ilmiy/726)

Eslatma: har bir izlanuvchi suhbat vaqtidan 10 – 20 daqiqa oldin belgilangan joyga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Manzil: Namangan shahar, Uychi ko‘chasi 316-uy. Namangan davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazi 2-qavat.