Kasbiy ko’nikmalar markaziga tashrif
17.12.2025 08:25:46 12
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari yoshlarning kasb-hunar egallashi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishi uchun yaratilgan Kasbiy ko’nikmalar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
Tashrif davomida markazdagi o‘quv xonalari, amaliy mashg‘ulotlar jarayoni, zamonaviy texnika vositalari hamda malakali ustozlar faoliyati bilan tanishildi
Kasbiy ko’nikmalar markazi yoshlarga o‘z qiziqishi va salohiyatiga mos kasb tanlash, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kelgusida munosib ish o‘rniga ega bo‘lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda