FILIPPINLIK MUTAXASSIS NAMDPIDA DARSLARNI BOSHLADI
28.11.2025 11:26:56 8
Namangan shahridagi Prezident maktabining filipinlik malakali pedagogi Saballa Ivy Mendoza Namangan davlat pedagogika institutida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishni boshladi.
Xalqaro tajribaga ega bo‘lgan ushbu mutaxassisning institutga kelishi talabalarning xorijiy tillarni chuqur o‘zlashtirishida, zamonaviy ta’lim metodlari bilan yaqindan tanishishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ivy Mendoza o‘zining interaktiv yondashuvi, kommunikativ uslubi va amaliy mashg‘ulotlarga boy darslari bilan talabalar dunyoqarashini yanada kengaytirishi kutilmoqda.
Hamkorlik doirasida Prezident maktabining ilg‘or tajribalarini oliy ta’lim jarayoniga tatbiq etish, o‘qituvchilar va talabalar uchun seminar-treninglar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.