O‘quv me’yoriy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv seminari
26.08.2025 12:08:59 21
Namangan davlat pedagogika institutida 25–30-avgust kunlari o‘tkazilayotgan “Ilm, ta’lim, tarbiya haftaligi” doirasida o‘quv me’yoriy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori B.Xusanov ishtirok etdi va o‘z nutqida talabalarga sifatli ta’lim berish, o‘quv jarayonini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganish zarurligiga alohida urg‘u berdi.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A. Abdunazarov va O‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i M. Asqarova nutqlarida institutdagi o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish, o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning metodik salohiyatini oshirish, shuningdek, o‘quv hujjatlarini xalqaro standartlarga moslashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Seminar davomida o‘quv me’yoriy hujjatlarning mazmuni, ularni ishlab chiqishning huquqiy-me’yoriy asoslari, fan dasturlarining metodik yondashuvlari hamda amaliy qo‘llanmalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, dolzarb savollarga javob topish va o‘quv jarayonida uchraydigan muammolarni yechish bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni belgilab olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, seminarda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro reyting talablariga mos metodik ishlanmalar va ta’lim sifatini oshirishning innovatsion usullari ham keng muhokama qilindi.