Allomalar tavalludiga bagʻishlangan "Zakovat" turniri tashkil etildi.
28.02.2026 10:34:01 9
Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda "Zakovat" klubi hamkorlikda "Zakovat" turniri boʻlib oʻtdi.
Dastlab turnir haqida Intellektual loyihalar koordinatori M.Mahkamov batafsil umumiy tushunchalarni taqdim etdi va turnirni olib bordi. Turnirda bevosita Aniq va tabiiy fanlar fakulteti koordinatori M.Mirzavaliyeva hamda Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori R.Turdimurotovlar ham faol ishtirok etdilar.
😀Turnir davomida A.Navoiy hamda Z.M.Bobur hayoti va ijodi aks etgan qiziqarli, mantiqiy savollar oʻqildi. 20 dan ortiq jamoalar oʻzaro kuch sinashgan turnirda quyidagi jamoalar gʻolib deb topildi:
🥇ISPAKOYNA JAMOASI
🥈AKTIVATORLAR JAMOASI
🥉LOGOS JAMOASI