NamDPI akademik litseyida umumxalq xayriya hashari
23.08.2025 12:00:09 23
22–23 avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Umumxalq xayriya hashari” doirasida Namangan davlat pedagogika instituti akademik litseyida ham keng ko‘lamli hashar tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida litsey hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mavjud infratuzilmalar tartibga keltirilib, yozgi ta’tildan so‘ng yangi o‘quv yiliga sinf xonalari, kutubxona, sport zal hamda o‘quvchilar turar joylari munosib tayyorlandi.
Bugungi umumxalq xayriya hashari litsey rahbariyati va texnik xodimlarining faol ishtiroki bilan o‘tdi. Bu esa hamjihatlik va yurt ravnaqi yo‘lidagi umumxalq birdamligining yorqin namunasi bo‘ldi.