NamDPIda "Akademik va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi
27.05.2025 08:39:10 8
Namangan davlat pedagogika institutiga bir guruh akademiklar — O'zR FA Botanika instituti direktori, biologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Tojiboyev Komiljon Tojiboyevich, atoqli matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Аbdulla Аzamov, iqtisodiyot fanlari doktori professor, Tojikiston fanlar akademiyasi akademigi Nazarov Abdushukur Abduraximovich tashrif buyurdi.

Tashrif davomida institutning iqtidorli, faol talabalari bilan "Akademik va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda akademiklar oʻzlarining faoliyatlari, bosib oʻtgan yoʻllari, bugungi kundagi ilm-fan yutuqlari va izlanishlari haqida soʻz yuritishdi.
Akademik va yoshlar uchrashuvining maqsadi:
Bilim almashinuvi: yoshlar va akademiklar o'rtasida bilim va tajriba almashish, yangi g'oyalar va innovatsiyalarni muhokama qilish;
Tadqiqot va rivojlanish: talabalarning ilmiy tadqiqotlarga qiziqishini oshirish, ularni ilmiy faoliyatga jalb etish va yangi tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda yordam berish;
Motivatsiya: talaba-yoshlarni ilmga, ta'limga va o'z-o'zini rivojlantirishga rag'batlantirish, ularga muvaffaqiyatli bo'lish yo'llarini ko'rsatish.
Bunday uchrashuvlar nafaqat akademik bilimlarni oshirish, balki talabalarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ham yordam beradi.
Uchrashuv soʻnggida tashrif buyurgan akademiklarga institutning maxsus sovgʻasi taqdim etildi. Oʻz navbatida, mehmonlar ham oʻzlari muallifligidagi kitoblarini institut kutubxonasiga tuhfa qilishdi.