English English English

YANGI OʻZBEKISTONDA TA'LIMDAGI ISLOHOTLAR - MILLIY TARAQQIYOT STRATEGIYASINING AJRALMAS QISMI.

  16.09.2025 17:53:27    9



YANGI OʻZBEKISTONDA TA'LIMDAGI ISLOHOTLAR - MILLIY TARAQQIYOT STRATEGIYASINING AJRALMAS QISMI.


Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan  ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va milliy taraqqiyot strategiyasining ajralmas qismi sifatida qaralmoqda.

Davlatimiz rahbari ta’lim tizimiga qaratgan e’tibori, pedagoglarning jamiyatdagi o‘rni va ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar bu jarayonning asosiy garovidir.
Prezidentimiz tomonidan murabbiylar va pedagoglarga berilayotgan keng qamrovli imtiyozlar ta’lim sohasidagi islohotlarning samarali natijalari hisoblanadi. Jumladan, yangi yil boshidan boshlab kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlandi va uning boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi. Kelgusi o‘quv yilidan davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlariga kontrakt summasidan 30 foiz chegirma beriladi. Shuningdek, o‘qituvchilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llashlari uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratilishi, pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi ikki barobar kamaytirilishi kabi qulayliklar yaratildi. Fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy etilib, sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama to‘lanadi.

Bundan tashqari, bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan tamomlab, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaqa toifasi, magistrlarni esa 1-malaqa toifasi berilishi, dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratilishi ham alohida ta’kidlanadi.

Yana bir muhim tashabbus — reytingda yuqori o‘rinlarni egallagan maktab, bog‘cha, texnikum va oliygoh pedagoglariga yiliga bir marotaba O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun samolyot va poezd chiptalariga 15-20 foiz chegirma berilishi pedagoglarning ijtimoiy va moddiy maqomini oshirishda katta ahamiyatga ega.

Namangan davlat pedagogika instituti ushbu islohotlarda faol ishtirok etib, yuqori malakali va fidoyi kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda. Institutda joriy etilayotgan innovatsion metodlar, zamonaviy o‘quv dasturlari va ilmiy-tadqiqot ishlari pedagogik kadrlarning sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Biz, Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi sifatida, bu ishonchni oqlash va yurtimiz kelajagini barpo etishda barcha bilim va tajribamizni safarbar etishga tayyormiz.