NamDPIda esselar tanlovi oʻtkazildi
16.05.2025 08:44:27 6
Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning korrupsiya holatlariga qarshi bilim va malakalarini oshirish hamda oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsion holatlarga qarshi kurashish maqsadida bakalavr bosqichida taʼlim olayotgan talabalar oʻrtasida esselar tanlovi boʻlib oʻtadi.

Tanlovda institutning barcha bosqichdagi talabalari ishtirok etishdi.
Tanlov shaffof hamda adolatli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish "Kompleans nazorat tizimi" boʻlimi vakillari nazorati qilib borishdi.
Maʼlumot uchun:
Gʻoliblarni taqdirlash,
✓ Tanlovning oliy ta’lim tashkiloti bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
✓ Respublika bosqichida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar esa quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
2-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
3-o‘rin – 4 000 000 so‘m.