English English English

Ilmiy faoliyat va xalqaro tajriba

  23.02.2026 11:16:38    13


Namangan davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti nufuzli xalqaro konferensiya ishtirokchisi


Ilmiy faoliyat va xalqaro tajriba


2026-yil 7–8-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan American University in Dubai (AUD) tomonidan o‘tkazilgan TESOL International Conference doirasida Namangan davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti Ra’no Fayziyeva xalqaro ilmiy konferensiyada “Enhancing Listening Comprehension with AI” mavzusida ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Mazkur ilmiy ma’ruzada ingliz tilini o‘qitish jarayonida sun’iy intellekt (Artificial Intelligence – AI) texnologiyalaridan foydalanish, xususan, tinglab tushunish (listening comprehension) ko‘nikmalarini rivojlantirishda AI-asosli raqamli vositalarning didaktik samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan AI-qo‘llab-quvvatlangan mashg‘ulotlarning an’anaviy ta’lim metodlariga nisbatan ustun jihatlari empirik ma’lumotlar asosida asoslab berildi.

Xususan, AI-integratsiyalashgan darslar:

➡️ o‘quvchilarning tinglab tushunish ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishi,
➡️ darhol fikr-mulohaza (instant feedback) berish orqali o‘rganish jarayonini individuallashtirishi,
➡️ hamda o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan ichki motivatsiyasini oshirishi ilmiy jihatdan asoslab berildi.

Ushbu ilmiy chiqish institutimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, sun’iy intellekt asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlik va akademik mobillikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


Ilmiy faoliyat va xalqaro tajriba Ilmiy faoliyat va xalqaro tajriba Ilmiy faoliyat va xalqaro tajriba