NamDPIda "Ochiq eshiklar kuni–2025" tadbiri bo‘lib o‘tdi
27.06.2025 09:14:03 5
"Yoshlar bandligi oyligi" doirasida Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan viloyatdagi bitiruvchi-yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni–2025" tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarning oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishishiga ko‘maklashish, ularga ta’lim yo‘nalishlari, mavjud imkoniyatlar, bandlik va kasb-hunar egallash borasida to‘liq axborot berishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida institutning barcha fakultetlari tomonidan taqdimotlar, kasbiy yo‘naltirish suhbatlari, amaliy ko‘rgazmalar tashkil etildi. Bitiruvchilar professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar bilan muloqot qilib, institutdagi ta’lim va tarbiya jarayoni, zamonaviy shart-sharoitlar, xorijiy hamkorlik, talabalar amaliyoti hamda bandlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.