Kelajak taʼlimi uchun hamkorlik: vazir oʻrinbosari bilan muhim muloqot
03.07.2025 14:55:03 17
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari E'zozaxon Gapirjanovnaning Namangan davlat pedagogika institutiga rasmiy tashrifi doirasida institut jamoasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida vazir oʻrinbosari bugungi kundagi maktab va maktabgacha hamda oliy taʼlim muassasalari oldida turgan dolzarb masalalar, maktab va OTM oʻrtasida aloqalarni mustahkamlash, amaliy hamkorlikni kengaytirish borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, institut rektori tomonidan oliygohning yangi oʻquv yilidagi istiqboldagi rejalari, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar, bunyodkorlik ishlari, pedagog-xodimlar va talaba-yoshlar uchun zamonaviy, qulay sharoitlar yaratish, infratuzilmani rivojlantirish borasidagi tashabbuslar haqida taqdimot qilindi.
Tashrif doirasidagi uchrashuv institut hayotida yangi bosqichni boshlab berishi, taʼlimda uzviylik va sifatni taʼminlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.