IQTIDOR, MASHAQQAT, ISHONCH: YUKSAK NATIJA
29.04.2025 10:37:35 2
Fargʻona davlat texnika universitetida "Maʼrifat maydoni" Respublika tanlovining mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Uchta shartdan iborat mintaqaviy bellashuvda Namangan davlat pedagogika institutining "ZIYO" jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
Murosasiz kechgan musobaqada NamDPIning "ZIYO" jamoasi mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, ushbu bellashuvda Respublika OTMning 5 ta jamoasi ishtirok etib, quyidagicha baholandi:
1-o'rin — Namangan davlat pedagogika instituti;
2-o'rin —Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti;
3-oʻrin Andijon davlat universiteti;
4-o'rin — Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti;
5-o'rin — Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
NamDPIning "ZIYO" jamoasining ushbu muvaffaqiyati bilan institut rahbariyati hamda jamoasi nomidan muborakbod etamiz. Respublika bosqichida zafarlar tilaymiz!