"Mirzo Ulug'bek vorislari" Respublika tanlovining viloyat bosqichlari o'z nihoyasiga yetdi.
07.05.2025 11:30:44 17
Mazkur tanlovda Namangan davlat pedagogika institutining 5 nafar iqtidorli talabalari Respublika bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Bular:
🎖 O'rmonjonov Azizbek Muhammadjon o'g'li - Musiqa ta'limi va san'at mutaxassisligi 2-kurs magistranti;
Ilmiy rahbar: Tajiboyev Elmurod Maxmudjonovich, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD;
🎖 Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi -Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi;
Ilmiy rahbar: Tillayeva Rayhona Tuxtasinovna, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD., dotsent;
🎖 Jo'rayeva Muxlisa Botirjon qizi - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi;
Ilmiy rahbar: Alijanov Dilmurod A'zamjon o‘g‘li, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD;
🎖 Yo'ldosheva Umida Xusniddin qizi - Pedagogika fakulteti talabasi;
Ilmiy rahbar: Asranboyeva Munojotxon Xalimjanovna, pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori PhD., professor.
🎖 Aliyeva Mushtariy Ahmadjon qizi - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi;
Ilmiy rahbar: Nodirov Alisher Avazovich - texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD.
Tanlovning barcha tuman (shahar) bosqichlarida institutning jami 48 nafar iqtidorli talabalari o‘zlarining ilmiy-innovatsion loyiha va g‘oyalari bilan munosib ishtirok etishdi. Tanlov yakunida eng yuqori ko‘rsatkich bilan 17 nafar talabalarimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritib, umumiy miqdorda 31 875 000 so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi. Tanlovning viloyat bosqichida 5 nafar talabamiz g'oliblikni qo'lga kiritib 18 750 000 so'm pul mukofotini qo'lga kiritishdi. Umumiy hisobda talabalarimiz 50 625 000 so'm pul mablag'larini jamg'arishdi.
G'olib bo'lgan barcha talabalarimizga omad tilagan holda Respublika bosqichidan ham yuqori natijalar kutib qolamiz.