“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi” davom etmoqda
21.05.2025 09:03:49 4
Namangan davlat pedagogika institutida ham "Sport oyligi" doirasida “Sportchi — yurt himoyachisi" shiori ostida qator musobaqalar, bellashuvlar, marafonlar oʻtkazib kelinmoqda.
Jumladan, shahar markazida joylashgan "Barkamol avlod" sport majmuasida talabalar ishtirokida navbatdagi sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Musobaqa oldidan institut Yoshlar masalalari va ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev so'z olib, sportning talaba-yoshlar hayotidagi o’rni, salomatligidagi ahamiyati haqida so’z yuritdi hamda talabalarni doimo sport bilan shug’ullanishga hamda Respublika miqyosida o’tkazilayotgan "Sport oyligi" doirasidagi musobaqalarda faol ishtirok etishga chorladi.
Shundan soʻng sportning futbol, yengil atletika, kurash turlari boʻyicha sport musobaqalari start oldi.
Musobaqada institutning barcha yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar bellashishdi.
Maʼlumot uchun, mazkur sport oyligida institutning uch mingdan oqtiq talaba-yoshlari, professor-o’qituvchilari faol ishtirok etimoqda.