IT sohasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi
18.12.2024 09:23:42 29
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari tomonidan IT sohasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

Ushbu uchrashuvda IT Park loyihalar bo‘yicha bosh menejeri Sh.Tursunov, Raqamli hukumat Namangan viloyati vakili K.Rahimov, Raqamli IT ta'lim markazi viloyat vakili S.Toshtemirov, IT Park Startuplar bo'yicha bosh menejer Z.Mamadaliyev, IT Park menejeri Sh.Abduhamidov Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda IT kelajak kasbi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Mygov.uz)dan foydalanish, IT talant, va xalqaro sertifikatlar mavzusida mutaxassislar tomonidan talabalar uchun manfaatli bo'lgan ma'lumotlar berildi. IT sohasining keng imkoniyatlari tanishtirildi.
Uchrashuv so'nggida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollarga javob oldilar.