Namangan davlat pedagogika instituti hamda Rossiya davlat pedagogika universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
22.05.2025 09:13:04 9
Namangan davlat pedagogika instituti hamda A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Ushbu memorandum ikki davlat oliygohlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik asoslarini mustahkamlab, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikning yangi ufqlarini ochib beradi.