NamDPIda "OCHIQ ESHIKLAR" kuni haftaligiga start berildi
28.04.2025 10:08:40 2
Ayni damda Namangan davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekiston pedagogi: imkoniyat, xalqaro tajriba” shiori ostida yoshlarni va maktab bitiruvchilarini pedagog kasbiga yo‘naltirishga qaratilgan ilmiy, ma’rifiy va madaniy loyiha — "Ochiq eshiklar" kuniga start berildi.

28-apreldan 5-mayga qadar davom etadigan ushbu loyiha doirasida viloyatning 14 tumanidan bitiruvchi oʻquvchi-yoshlar institutda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taʼlim sifati haqida maʼlumotga ega boʻlishadi.
Xususan, bugun Yangiqoʻrgʻon tumanida joylashgan 25 ta maktabdan 450 ga yaqin bitiruvchi-oʻquvchilari institut vakillari tomonidan Axborot resurs markazi, "Registrator ofisi, IT incubator, "Ma'naviyat sektori", "Iftixorlar maskani", "Art gallery" muzeyi, "Kelajak o'qituvchisi" markazi shuningdek, oʻquv auditoriyalari bilan yaqindan tanishtirildi.
NamDPIda "Ochiq eshiklar" kuni haftaligi davom etadi...
Bizni kuzatishda davom eting