“Qalqon” jamoatchiligi guruhi xizmatda
08.10.2025 09:20:12 16
Namangan davlat pedagogika instituti “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari o‘z faoliyatini muntazam ravishda amalga oshirib kelmoqda.
Mazkur guruhning asosiy vazifasi — jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda institut profilaktika inspektoriga yaqindan ko‘maklashishdan iborat.
Guruh a’zolari talabalar turar joylari va institut hududida tungi navbatchilikni tashkil etish orqali talabalarning xavfsizligini ta’minlash, tinch va tartibli muhitni saqlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
“Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, mas’uliyatni kuchaytirish va ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.