Namangan davlat pedagogika institutida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e‘lon qilinadigan tanlovlar hamda xorijiy stajirovkalarda ishtirok etish tartibi mavzusida seminar tashkil etiladi.
19.02.2026 11:00:19 5
Seminar davomida quyidagilar haqida maʼlumot beriladi:
• Mavjud grant va tanlovlar
• Hujjat topshirish tartibi
• Xorijiy stajirovkalarda ishtirok etish imkoniyatlari
• Akademik harakatchanlik tanlovlarida ishtirok etish tartibi
• Amaliy tavsiyalar hamda savol-javoblar
Seminar spikeri:
Nodirbek Jurabayev - Innovatsion rivojlanish agentligi Namangan viloyati Innovatsion rivojlanish bo‘linmasi rahbari.
Sana: 2026-yil 20-fevral
Soat: 10:00
Manzil: Namangan davlat pedagogika instituti "Renessans zali".
Institutimizning barcha professor-o'qituvchilari hamda yosh-tadqiqotchilarni seminarda ishtirok etishga taklif etamiz!