Xorazmda “Munozara” respublika turnirining final bosqichi boshlandi
12.06.2025 14:26:00 11
11–13-iyun kunlari Urganch davlat pedagogika institutida oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda (https://t.me/UrDPI_UZ/27825).

Turnir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan.
Unda mamlakatning turli hududlaridan saralangan 18 ta jamoa ishtirok etmoqda. Bahslar mantiqiy fikrlash, nutq madaniyati va ijtimoiy dolzarb mavzular asosida olib borilmoqda.
Turnirning ilk kunida guruh bosqichi yakunlandi. 12-iyun kuni chorak va yarim final bahslari o‘tkazilmoqda.