jtimoiy fanlar fakultetida “Odob-axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalari” targ‘iboti bo‘yicha suhbat tashkil etildi
06.09.2025 08:15:58 25
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, unda “Odob-axloq kodeksi” hamda “Ichki tartib qoidalari”ning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, institutda belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilish madaniyatini shakllantirish va ularni ma’naviy barkamol, mas’uliyatli kadrlar sifatida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, suhbat davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, amaliy misollar orqali huquqiy normalarning kundalik hayotdagi ahamiyati yoritib berildi.
Mazkur huquqiy hujjatlar qo‘llanma sifatida chop etilib, fakultet talabalari o‘rtasida tarqatildi. Bu esa yoshlarga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy qo‘llanma sifatida ham xizmat qilishi kutilmoqda.
Tadbir yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularni intizomli, odob-axloqli shaxslar sifatida voyaga yetishida muhim qadam bo‘ldi.