SAMARALI TA’LIM VA QULAY MUHIT SARI
26.11.2025 11:16:17 3
Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov Namangan pedagogika kolleji binosida tahsil olayotgan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur binoda institutning sirtqi va kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator guruhlar o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradi. Tashrif davomida rektor o‘quv auditoriyalari, texnik jihozlanganlik darajasi, darslarning tashkil etilishi hamda ta’lim sifati bo‘yicha jarayonlarni batafsil o‘rgandi.
Institut rektori talabalarning dars jarayonlarini bevosita kuzatib, ular bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Talabalar o‘z fikr, taklif va ehtiyojlarini bildirishdi. Rektor esa ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va talabalar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mazkur tashrif institutda samarali ta’lim, zamonaviy sharoit va talaba manfaatlari ustuvor ekanini yana bir bor namoyon etdi.