“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti murojaatnomasi – barqaror rivojlanish uchun muhim qadam”
23.01.2026 09:20:21 14
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan Namangan davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti murojaatnomasi – barqaror rivojlanish uchun muhim qadam” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatini o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini fuqarolik jamiyati institutlari va yoshlar faollariga yetkazish, ularning takliflarini o‘rganish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan aholi ishonchini oshirishdan iborat.Davra suhbatida oliy o‘quv yurtlari pedagoglari, talabalari, NNT va OAV vakillari shuningdek, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasining mutaxassislari Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi mutaxassislari ishtirok etdi.Tadbirda, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, uning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati yuzasidan ishtirokchilar bilan ochiq muloqot, muhokama o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar bo‘yicha taqdimot namoyish etildi. Muhokamalar jarayonida bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar, shuningdek mavzu doirasida berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Bu kabi tadbirlarni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi maqsad va vazifalarini talaba yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish hamda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish tavsiya etildi.