Mehr ulashish – insoniyatni birlashtiruvchi eng go‘zal tuyg‘u
18.03.2025 16:02:07 31
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi Nemis tili 1-bosqich faol talabalari ezgu tashabbus bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar kichkintoylarga o‘yinchoqlar, kitoblar va eng muhimi samimiy tabassum tuhfa etdilar. Xonalar bolalarning quvonchli kulgulari, shifokorlarning minnatdor nigohlari bilan yanada charog‘on bo‘ldi.
Unutmang, yaxshilik hech qachon javobsiz qolmaydi! Har bir ezgu amal qalblarda o‘z izini qoldiradi. Mehr ulashing, yaxshilik qilishdan charchamang!