English English English

Institut vakillaridan navbatdagi natija

  07.03.2026 09:56:26    297


Avval xabar berganimizdek "Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha mazkur tanlovning Norin tumani saralash bosqichi o‘tkazildi.


Institut vakillaridan navbatdagi natija


🏆Ushbu bosqichda ham eng yuqori ko'rsatkich bilan quyidagi vakillarimiz g'oliblikni qo‘lga kiritib 4 mln. 120 ming so'm pul mukofotiga ham ega bo'ldilar.

🎖O'rmonjonov Azizbek - Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi;
🎖Yo'ldosheva Umida - Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi

✅Ma'lumot uchun: Mazkur tanlovda Respublikaning barcha viloyatlaridagi Oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey, Kasb-hunar kollej va maktablarda tahsil olayotgan viloyatning tegishli tumanida doimiy yashaydigan 16 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishadi. Tanlov yakunida hakamlar hay'atining qarori bilan eng munosib 5 nafar ilmiy-innovatsion loyiha mualliflari g‘olib deb topilib navbatdagi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

📆📍Ma'lumot uchun 10-mart kuni tanlovning Uchqo‘rg‘on tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi.