Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi malakaviy imtihonlar boshlandi.
10.06.2025 14:15:05 9
Axborot-resurs markazida 13.00.02 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha talabgorlarning o'rganilishi zarur bo'lgan minimum bilimlar darajasini belgilovchi fanlardan sinovlar o'tkazilmoqda.

Malakaviy imtihonlar uchun ro'yhatdan o'tgan talabgorlarning imtihon sinovlari o'tkazildi hamda imtihonni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Murodxon Qodirxonov ochib berdi va talabgorlarga omad tiladi. Shundan so'ng Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i Javohir Yuldashev barcha talabgorlarga imtihon tartib-qoidalarini tushuntirib o'tdi. Imtihon jarayonlarida maxsus komissiya a'zolari va yuqori malakali mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarning bilimlari sinovdan o'tkazildi.
Ma'lumot o'rnida ertaga (11-iyun) Pedagogika nazariyasi va pedagogik ta’limotlar tarixi; Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat; Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi fanlaridan imtihonlar bo‘lib o‘tadi.