"Bilim almashinuvi dasturi" doirasida talabalar uchun seminar mashg’uloti tashkil etildi.
29.04.2025 10:47:49 9
Namangan davlat pedagogika institutiga Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning— O'zbekistondagi vakolatxonasi vakillari tashrifi davomida O'zbekiston boʻylab Knowledge Exchange Program (KEP) – "Bilim almashinuvi dasturi" doirasida talabalar uchun seminar mashg’uloti tashkil etildi.

Seminar davomida "Juru Consulting" kompaniyasi katta ijtimoiy maslahatchisi Iroda Malikova tomonidan "Ayollar huquqlari va kasbiy rivojlanish" mavzusida maruza qilindi.
Seminar davomida talabalar ushbu dastur nima bera olishi, vazifasi, unda ishtirok etish haqida o’zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi. Tashrif yakunida xorijiy mutaxassislarga institutda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy jihozlangan o’quv auditoriyalari, xususan, “Art gallery” muzeyi hamda “Iftixorlar maskani” tanishtirildi.