Namangan davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda
22.07.2025 11:06:00 252
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz (https://my.edu.uz/) orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Bunda nomzodlar platformada:
➖ oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖ diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖ hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Namangan davlat pedagogika institutida 2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun quyidagi yo’nalishlar mavjud:
Kunduzgi ta’lim shakli
⚡️60712704 — Maxsus pedagogika: logopediya.
⚡️ 60111200 — Jismoniy madaniyat.
⚡️ 60540100 — Matematika.
⚡️ 60110400 — Boshlang’ich ta’lim.
⚡️ 60110200 — Maktabgacha ta’lim.
Kechki ta’lim shakli
⚡️ 60112704 — Maktabgacha ta’lim.
⚡️ 60220300 — Tarix
Talabgorlar suhbat asosida talabalikka qabul qilinadi. Suhbat boʻlib oʻtadigan sanalar institut veb-sayti va rasmiy sahifalari orqali qoʻshimcha eʼlon qilinadi!
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi. (https://lex.uz/uz/docs/-5657199)