English English English

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — bilimli kadrlar tayyorlash garovidir

  28.04.2026 00:49:00    8


Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi Geografiya yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ayni kunlarda Namangan viloyati agrokimyoviy tahlil markazida malakaviy amaliyot o‘tamoqdalar


Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — bilimli kadrlar tayyorlash garovidir


Malakaviy amaliyot talabalarga nazariy bilimlarini real laboratoriya sharoitida sinab ko‘rish, zamonaviy usullar bilan ishlash va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

Amaliyot davomida talabalar:
✔️ laboratoriya hujjatlarini to‘g‘ri va sifatli yuritish;
✔️ zamonaviy laboratoriya jihozlari va ularning ishlash prinsiplari bilan tanishish;
✔️ tuproq va suv namunalarini olish hamda ularni tahlil qilish jarayonlarini o‘rganish;
✔️ kimyoviy tahlil usullari orqali natijalarni aniqlash va xulosa chiqarish;
✔️ olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;
✔️ amaliy tajriba asosida kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish kabi muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.

Shuningdek, talabalar tajribali mutaxassislar bilan bevosita ishlash orqali sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy tahlil metodlari va amaliy yondashuvlarni chuqur o‘rganmoqdalar.

Ushbu amaliyot talabalarning ilmiy-amaliy tayyorgarligini mustahkamlash, ularni kelajakda malakali va raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — bilimli kadrlar tayyorlash garovidir Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — bilimli kadrlar tayyorlash garovidir Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — bilimli kadrlar tayyorlash garovidir