"Ilmiy tadqiqot va innovatsiya" mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
27.09.2025 09:26:37 16
Ijtimoiy fanlar fakultetining 1-bosqich talabalari uchun tashkil etilgan seminarda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshlig'i R.Tursunov, Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi mudiri S.Botirova, Yoshlar akademiyasi lideri A.O'rmonjonov, ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi D.Maxkamov va fakultet tyutorlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalari tanlovlari, "Yilning eng faol talabasi" Respublika tanlovi, "Mirzo Ulug‘bek vorislari" ilmiy-amaliy tanlovi, pedagogik ta'lim muasssasalari uchun joriy etilgan Abdulla Avloniy stipendiyasi, "Innovator talaba" tanlovlari va ilmiy-innovatsion loyiha va ishlanmalar yaratish yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, Yoshlar akademiyasiga a’zo bo‘lish tartibi, ushbu akademiyaning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati, yoshlarning ilmiy g‘oyalarini loyihalashtirish va amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.