English English English

Zulfiya tavalludi: yoshlar qalbida yashayotgan ijod

  05.03.2026 11:30:42    285


Namangan davlat pedagogika institutida atoqli o‘zbek shoirasi, sevgi va sadoqat timsoli Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Pedagogika yo‘nalishi 2-bosqich talabalari faol ishtirok etib, shoiraning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, ijod namunalaridan parchalar hamda ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir davomida Zulfiya ijodining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, uning vatanparvarlik, sadoqat va insoniylik g‘oyalari keng yoritildi.

Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Bunday ma’naviy tadbirlar yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi