English English English

Yoshlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi


  14.03.2026    |     299
NamDPI
Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi
Yoshlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi
Telefon: +998 91 346 21 60
e-pochta: nabixonovamasturaxon@gmail.com
Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi 2004-yil 12-noyabrda Namangan viloyati Chust tumanida tug'ilgan. Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 4-bosqich talabasi. 2023-yildan buyon O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkilot yetakchisi- yoshlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yil 30-iyun "Yoshlar kunida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlangan.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkilot yetakchisi- yoshlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi vazifasi:
- Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi boshlangʻich tashkilot faoliyatiga rahbarlik qilib, tashkilot faoliyatining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtiradi, va uning nomidan ish yuritadi;
- ta’lim muassasasi talaba-yoshlar, yosh pedagog xodimlar, ishchi xizmatchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuzilgan mavjud barcha kollegial organlar, shu jumladan, kengashlar, ishchi guruhlar, boshqa yoshlar masalasiga oid komissiyalar a’zosi sifatida faoliyat yuritadi;
- Yoshlar Kengashi, fakultetlar va guruhlar koordinatorlari faoliyatini nazoratga olib, tizimdagi barcha yoʻnalishlar koordinatorlari faoliyatiga uslubiy koʻmak koʻrsatadi, talaba-yoshlarning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi;
- yuqori tashkilotlar va ta’lim muassasasi rektori (ijrochi direktori)ga boshlangʻich tashkilot faoliyati yuzasidan soʻralgan ma’lumot, axborot va hisobotlarni taqdim etib boradi;
- boshlangʻich tashkilot uchun belgilangan nomenklatura asosida ish yuritadi, yuqori tashkilotlar rahbarlari va universitet rektori topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi;
- boshlangʻich tashkilot uchun ajratilgan xonalar, moddiy-texnik vositalar va mablagʻlardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi;
- fakultet koordinatorlarining talabalar hayotiga oid mediakontentlarni nazoratga olish hamda ta’lim muassasasining ijtimoiy tarmoq kanallarida (telegram, facebook, instagram, youtube va h.k) yoritib borish;
- ta’lim muassasasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hududiy Kengashning Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga har oyda hisobotlarni taqdim etadi.