English English English

Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi


  14.03.2026    |     686
NamDPI
MaxmudovaNodira
Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi (PhD)
 
Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi
Namangan davlat universiteti
Mutaxassisligi
Boshlang‘ich ta’lim (2009, 2011)
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi
Times Higher Education reytingi Top-1000 talikda 623-o‘rinni egallagan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston tadqiqot universiteti
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘zini o‘zi baholash orqali mustaqil bilish faolligini rivojlantirish
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ va diskursiv madaniyatini shakllantirish
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi
Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi
Ilmiy rahbarligi
magistr (4), mustaqil tadqiqotchi (3 ta)
Nashr qilingan maqolalari
Jurnal /OAK-15, xorijiy-10,
Konferensiya /respublika-26, xalqaro-7
 
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki
-
h indeksi
7
O‘quv fani
Ona tili -o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi
O‘quv-uslubiy ishlari
darslik (3), o‘quv qo‘llanma (1), monografiya (1), uslubiy qo‘llanma (3),  uslubiy ko‘rsatma (6)
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati
Xotin-qizlar bilan ishlash: huquqiy savodxonlik, ijtimoiy faollik, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, zo‘ravonlik va notinch oilalarga qarshi profilaktika ishlari.
Telegramm akkaunti
https://t.me/MaxmudovaNodira_1987
Rasmiy elektron pochtasi
Maxmudovanodira13@gmail.com
Davlat mukofotlari
-

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik buyruqlari hamda institut rektorining buyruqlari asosida xotin-qizlar bilan ishlash faoliyati tashkil etiladi. Institutdagi ayol pedagog-xodimlar, rahbar va ishchi-xodimlar hamda talaba-qizlarning to‘liq ro‘yxati ularning lavozimi, ilmiy darajasi, yoshi va ijtimoiy holati bo‘yicha shakllantirish va muntazam yangilash. Yana quyidagi faoliyatlar amalga oshiriladi:

     Talaba-qizlarning fakulteti, kursi, guruhi, yashash joyi va ijtimoiy holati o‘rganish, ular bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yish;

     “Qizlarjon” klubi Nizomi asosida klub faoliyati tashkil etish, uning ish rejasi, a’zolari ro‘yxati va amalga oshirilgan ishlar ijrosi nazorat qilish;

     Talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha to‘garaklar va tadbirlar o‘tkazish;

 “Qizlarjon” klubi Nizomi asosida klub faoliyati tashkil etilib, uning ish rejasi, a’zolari ro‘yxati va amalga oshirilgan ishlar ijrosi nazorat qilish;

     Talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha to‘garaklar va tadbirlar o‘tkazish;

    Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan yakka tartibda ishlanib, ularga amaliy, ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatish choralari ko‘rish;

   Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoniga munosib nomzodlarni aniqlash va tavsiya etish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirish;

   Xotin-qizlar kengashining yillik ish rejasi asosida yig‘ilishlar o‘tkazilib, bayonnomalar yuritiladi hamda yarim yillik va yillik hisobotlar tayyorlash;

  Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jinoyatchilik, korrupsiya va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etish;

  Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, nizoli oilalar bilan ishlash, memorandumlar tuzish, konferensiya, seminar va suhbatlar o‘tkazish orqali xotin-qizlar faolligini oshirish.