English English English

Magistiratura bo'limi


  14.03.2026    |     992
NamDPI
To‘raboyeva Muqaddas Yoqubjanovna
Qabul vaqti: dushanba, payshanba 15:00 dan 18:00 gacha
Telefon: +998 99 789 21 28
Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi Namangan davlat universiteti
Mutaxassisligi Lingvistika: O‘zbek tilshunosligi
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi Yo‘q
PhD dissertatsiyasi “Algoritmik mashqlar tizimini takomillashtirish asosida boshlang‘ich sinf ona tili taʼlimida uzviylikni taʼminlash”
DSc dissertatsiyasi “5–9-sinf ona tili ta’limida uzviylikni ta'minlash asosida tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlar tizimini takomillashtirish”
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili)
Ilmiy rahbarligi 15 magistr 5 PhD 1 DSc
Nashr qilingan maqolalari 60 ta
h-indeksi 7
O‘quv fani Ona tili o‘qitish metodikasi
O‘quv-uslubiy ishlari 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta darslik, 2 ta monografiya
Telegram akkaunti @Mmm0202
Rasmiy elektron pochta muqaddastorabayeva@gmail.com
Davlat mukofotlari Yo‘q
Magistratura bo‘limining maqsadi va vazifalari
  1. Institut magistratura bo‘limining asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimining magistratura bosqichida yuqori malakali, yuksak madaniyatli, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk, bilim jihatdan xalqaro standartlarga mos keluvchi raqobatbardosh magistrlarni tayyorlash.
  2. Magistratura bo‘limi bir necha mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlaydigan institutning o‘quv-ilmiy va ma’muriy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
  3. Magistraturada o‘quv jarayoni tegishli ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi) bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Oliy ta’limning  Davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
  4. O‘quv jarayonini tashkil etish, mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda ishtirok etish, magistrantning mustaqil ishlari hajmini belgilash va nazorat qilish.
  5. Mutaxassislik kafedralari hamda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda sohaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiya mavzulari bazasini shaklllantirish.
  6. Mutaxassislik kafedralarining umumiy o ‘rta ta’lim maktablari  va akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va magistratura talabalarining ilmiy-pedagogik amaliyotini o‘zaro hamkorlikda tashkil etish.
  7. Magistratura talabalari bilan bog‘liq bo‘lgan buyruqlar loyihalarini shakllantirish va institut rektoriga tavsiya qilish.
  8. Magistratura talabalari orasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, ularni odob axloq qoidalari bilan tanishtirish.
  9. Magistratura talabalarinng ilmiy amaliyotlarini tizimdagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini mutaxassislik kafеdralari  bilan birgalikda ishlab chiqish.
  10. Institut magistraturasiga qabul qilish ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish hamda qabul bo‘yicha taklif va mulohazalarni institut rahbariyati bilan hamkorlikda yuqori tashkilotlarga taqdim qilish.
  11. Magistratura faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirish bo‘yicha chet el universitetlari tajribalarini o‘rganish va ularni samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish.
  12. Magistraturada tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni Davlat stipеdiatlikga tavsiya etish.
  13. Institutning  xalqaro bo‘limi bilan Xorijiy oliy ta’lim muassasalarigi almashuv dasturlariga asosan stajirovkalarga yuborishni tashkil qilish.
Hozirgi kunda institutning 10 ta mutaxassilik kafedralari tomonidan 22 ta mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanmoqda.
institutda magistratura mutaxassisliklariga mas’ul boʻlgan kafedralarda magistrantlarning oʻquv jarayoniga yuqori malakali professor-oʻqituvchilar, ya’ni fan doktorlari va professorlar, fan nomzodlari va dosentlar shuningdek, ta’lim sohasida yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali amaliyotchilar ham jalb etilgan. Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kafedralar tasarrufida bugungi kunga kelib jami 100 nafar malakali pedagog xodimlar magistrantlarga malakaviy koʻnikma hosil qilishda ma’ruzalar oʻqish, tajriba va amaliy mashgʻulotlarni, amaliyot va stajirovkalarni oʻtishda ilmiy pedagogik faoliyat olib bormoqdalar.
Institut magistraturasida ta’lim jarayoni magistratura talabalari uchun 2 yil, har bir oʻquv yili 2 semestrdan iborat. Har oʻquv yilida institutning magistratura mutaxassisliklariga 320 nafardan ziyod magistrantlar qabul qilinadi. Hozirgi kunga qadar institut tomonidan 180 nafar magistr tayyorlangan.