English English English

Xalqaro hamkorlik bo'limi


  13.03.2026    |     843
NamDPI
Tursunpulatov Alisher Muxammad o'g'li
Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi A. I. Gertsen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika universiteti (Rossiya Federatsiyasi)  
Mutaxassisligi Pedagogik ta'lim. (Profil: jismoniy tarbiya ta'limida fitnesni boshqarish)  
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi Rossiya federatsiyasi
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ В СФЕРЕ ТУРИЗМА И ТУРИСТИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
(НА ПРИМЕРЕ УЗБЕКИСТАНА)
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi -
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi Ta'lim va boshqaruv
Ilmiy rahbarligi -
Nashr qilingan maqolalari Rossiyada OAK tomonidan indekslangan jurnallarda 2 ta maqola chop etilgan va 10 dan ortiq xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan.
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki -
h indeksi -
O‘quv fani Jismoniy tarbiya va sport, menejment
O‘quv-uslubiy ishlari -
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati O'zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulligi, Dol "Karelskaya Berezka" Leningrad viloyatidagi bolalar lageri va Sankt-Peterburg shahridagi 636-o'rta umumta'lim maktabilarida ko'ngilli sifatida ishlagan.
Davlat mukofotlari -

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i quyidagi lavozim vazifalarini bajaradi

  1. Institutning xalqaro hamkorlik siyosatini amalga oshirish va rivojlantirish choralarini ko‘radi.
  2. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va fondlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yadi va kengaytiradi.
  3. Xalqaro shartnomalar, memorandumlar va kelishuvlar loyihalarini tayyorlash, kelishish va ijrosini nazorat qiladi.
  4. Akademik mobillik dasturlari (talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi)ni muvofiqlashtiradi.
  5. Qo‘shma ta’lim dasturlari (Double degree, Joint program)ni tashkil etish va rivojlantirish ishlarini boshqaradi.
  6. Xorijiy delegatsiyalar tashrifini tashkil etish va protokol tadbirlarini nazorat qiladi.
  7. Xalqaro grantlar va loyihalarda institut ishtirokini ta’minlaydi, loyiha takliflarini ishlab chiqishga rahbarlik qiladi.
  8. Xorijiy talabalar va mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
  9. Bo‘lim ish yurituvi, hujjatlar aylanishi va ma’lumotlar bazasining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi.
  10. Institutning rasmiy veb-sayti va xalqaro platformalardagi ma’lumotlarning dolzarbligini nazorat qiladi.
  11. O‘z vakolati doirasida mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini ta’minlaydi.

Amaldagi qonunchilik va institut ichki hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi